6 234
Microsoft Surface Phone smartfoniga noutbuklarga mo‘ljallangan Intel prosessori o‘rnatiladi
Ma’lumki, AQShning Microsoft kompaniyasi garchi operasion tizim va qisman gibrid planshetlar bozorida ilgarilagan bo‘lsa-da, smartfonlar borasida kompaniyaga omad kulib boqmayapti. Hatto firmaning ijrochi direktori Satya Nadella ham mazkur holatni tan olib, o‘z vaqtida foydalanilmagan imkoniyat yuzasidan afsusda ekanini bildirgan.
2016 yilda Redmond giganti birorta smartfonni taqdim etmadi. Biroq kuni kecha mashhur insayder Evan Blassning @evleaks blogida Windows dasturida ishlaydigan noma’lum gadjetning suratlari oshkor etdi. Mutaxassislarning fikricha, aynan mana shu qurilma Surface Phone bo‘lishi kerak ekan.
Terabayt.uz nashrining yozishicha, mazkur smartfon bitta USB Type-C porti bilan jihozlanadi. Qurilma yupqa dizayni va boshqa qirralari bilan Microsoft’ning boshqa gadjetlarini esga soladi. Evan Blassning qayd etishicha, ushbu smartfonga noutbuklarga mo‘ljallangan Intel prosessori o‘rnatilgan.
Hozircha qurilma haqida biror xulosa qilishga hali erta. Ammo Microsoft smartfonni to‘liq imkoniyatli kompyuterga aylantirishiga umid bildirib qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi