17:50 / 13.03.2015
7 741

Fevral oyida PlayStation 4 savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha Xbox One’dan o‘zib ketdi

Fevral oyida PlayStation 4 savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha Xbox One’dan o‘zib ketdi

NPD kompaniyasi AQSh videoo‘yinlar va konsollar bozorining fevral statistikasini e’lon qildi.

Fevral oyida PlayStation 4 AQSh bozoridagi savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha Xbox One’dan o‘zib ketgani reytingida o‘z aksini topdi. U PlayStation tarixidagi eng xaridorgir konsolga aylandi. Jumladan, Sony korporasiyasining mart oyi boshida tarqatgan statistik ma’lumotlariga qaraganda, 2013 yilning noyabr oyidan buyon butun dunyo bo‘yicha jami 20.2 mln dona PlayStation 4 komplektlari sotilgan.

NPD ekspertlarining fikricha, o‘tgan oyda AQSh videoo‘yinlar bozori hajmi 955.6 mln dollarga etgan. Roppa-rosa bir yil oldin, 2014 yilning fevralida bu ko‘rsatkich 883.9 mln dollarni tashkil qilgan edi.

Konsollarga bo‘lgan talab bir yil ichida 10 foizga, aksessuarlarga bo‘lgan talab 8 foizga, videoo‘yinlarga bo‘lgan talab 7 foizga o‘sgan. Oyning eng xaridorgir o‘yinlari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

1. The Legend of Zelda: Majora’s Mask 3D (3DS);
2. Evolve (Xbox One, PS4, PC);
3. Dying Light (PS4, Xbox One, PC);
4. Call of Duty: Advanced Warfare (Xbox One, PS4, 360, PS3, PC);
5. Grand Theft Auto V (PS4, Xbox One, 360, PS3);
6. NBA 2K15 (PS4, Xbox One, PS3, 360);
7. Dragon Ball: Xenoverse (PS4, Xbox One, PS3, 360);
8. Minecraft (360, PS3, Xbox One, PS4);
9. The Order: 1886 (PS4);
10. Monster Hunter 4 Ultimate (3DS).

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Fevral oyida PlayStation 4 savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha Xbox One’dan o‘zib ketdi