Xitoyning eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchilaridan bo‘lgan Huawei kompaniyasi keyingi ikki yil davomida savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQShning Apple firmasidan o‘tib ketishni rejalashtirgan.
Terabayt.uz sayti yozishicha, bu haqda kompaniyaning rasmiylaridan bo‘lgan Richard Yu ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Huawei yaqin orada Apple’dan smartfon savdosi ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tib ketish uchun barcha imkoniyatlarga ega (hozir xitoylik kompaniya smartfon savdolari bo‘yicha jahonda uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan, Apple eca ikkinchi o‘rinda). Strategy Analytics statistikasiga ko‘ra, joriy yilning 3 choragida Xitoy firmasi jami 33,6 mln qurilmani sotuvga chiqargan bo‘lib, bu ko‘rsatkich ushbu davrda jahon bo‘ylab sotilgan umumiy smartfonlarning 9 foizini tashkil qiladi. Apple esa 45,5 million qurilmani sotuvga chiqarib, smartfon bozorining 12 foiziga egalik qilgan.
Umuman olganda, Huawei kompaniyasida mazkur maqsadga erishish uchun imkoniyatlar etarli. Kompaniya bundan bir necha kun ilgari Germaniyada o‘zining navbatdagi flagmani, yirik ekran va jahondagi eng kuchli prosessor bilan jihozlangan Huawei Mate 9 modelini taqdim qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi