16:31 / 08.11.2016
6 683

UMS 4G LTE Interneti qo‘llanilish sohalarini kengaytirmoqda

UMS 4G LTE Interneti qo‘llanilish sohalarini kengaytirmoqda

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori va Uzreport TV telekanali O‘zbekistonda ilk bor 4G LTE Internetini qo‘llagan xolda jonli teletranslyasiyani o‘tkazdi.

Jonli teletranslyasiya Toshkent shahrida 3-4 noyabr kunlari o‘tkazilgan “Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar” xalqaro forumi ish doirasida bo‘lib o‘tdi. Forumda o‘tkazilgan ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportajni minglab teletomoshabinlar ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi. E’tiborlisi shundaki, O‘zbekistonda ilk bor televidenieda video ketma-ketlikni uzatish uchun an’anaviy sputnik aloqasi vositalari emas, mobil Internet kanallaridan foydalanildi.

Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmada UMS yangi mobil mahsulot va xizmatlarini taqdim etdi. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlari kompaniya stendi oldida aloqa, mobil Internet va biznes-xizmatlar haqida ma’lumotlar olishdi hamda zamonaviy gajetlar bilan tanishib chiqishdi.

UMS kompaniyasi forum o‘tkazilgan hududni bir vaqtning o‘zida 300ta odam ishlatishi mumkin bo‘lgan Wi-Fi tarmog‘i bilan qamrab olishda ishtirok etdi. Bunda ma’lumotlarni qabul qilib olish o‘rtacha tezligi 40 Mbit/soniyasini tashkil qildi.

- UMS kompaniyasi tadbirning telekommunikasion hamkori sifatida O‘zbekiston mediasanoati rivojlanishining yangi davriga qadam qo‘yilishida ishtirok etdi. Forum ishtirokchilariga zamonaviy mobil aloqa va televidenie simbiozi muvaffaqiyatli namoyish etildi. UMSning 4G LTE Interneti yangi sohalarda qo‘llanila boshlagani hamda jamiyat uchun odatiy telekommunikasion imkoniyatlar kengayyotganidan judayam mamnunmiz. To‘rtinchi avlod tarmog‘i ko‘llanilish soha va darajasini yana kengaytirish ustida ishni davom ettiramiz, - deya, ta’kidladi “UMS” MChJ tijorat direktori Sayyodjon Matkarimov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UMS 4G LTE Interneti qo‘llanilish sohalarini kengaytirmoqda