16:42 / 08.11.2016
6 491

LG G5 Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanishni boshladi

LG G5 Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanishni boshladi

Avvalroq saytimizda LG G5 modelining noyabr oyida Android 7.0 Nougat dasturiga yangilanishi to‘g‘risida ma’lumot bergan edi. Bugundan boshlab LG kompaniyasi mazkur modelning Janubiy Koreya va Shimoliy Amerika mintaqalari uchun chiqarilgan versiyalari uchun Android 7.0 Nougat dasturini yubormoqda. LG G5 mazkur dastur yangilanishi orqali Android 7.0 Nougat versiyasining barcha imkoniyatlariga ega bo‘ladi.

Terabayt.uz saytining yozishicha, LG G5 qurilmasi Google Nexus modellaridan keyin Android 7.0 Nougat dasturiga yangilangan ilk joriy qurilma bo‘ladi. Hozircha Android Nougat dasturiga yangilanadigan LG kompaniyasiga tegishli qurilmalar ro‘yxati ma’lum qilinmagan. Biroq V seriyasidagi ikkita model, G3 va G4 modellarining yangilanishi taxmin qilinmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG G5 Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanishni boshladi