16:45 / 08.11.2016
7 101

Android Auto servisidan endi smartfon orqali foydalanish mumkin

Android Auto servisidan endi smartfon orqali foydalanish mumkin

Google kompaniyasi bundan chamasi ikki yil oldin avtomobillarga mo‘ljallangan Android Auto servisini tanishtirgan edi. Servis Apple CarPlay tizimining analogi hisoblanadi. Odatda, Android Auto avtomobilsozlar tomonidan ishlab chiqarish vaqtida mashinaga sozlanadi. Garchi tizimni avtonom tarzda qo‘llab-quvvatlagan ba’zi mediapleerlar sotuvga chiqarilgan bo‘lsa-da, ammo ularni topish ancha mushkul edi.

Kuni kecha Google kompaniyasi mazkur kamchilikni bartaraf etgan holda, Android Auto servisidan smartfonlarda foydalanish imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi. Google Play’da Android Auto ilovasining 2.0 versiyasi paydo bo‘ldi. Ilova aynan avtomobilda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Endilikda smartfon yoki planshetni mashina torpedosiga joylashtirib, ushbu xizmatning funksiyalaridan foydalanish mumkin.

Eslatma: Ilova barcha mamlakatlarda ishlamasligi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Android Auto servisidan endi smartfon orqali foydalanish mumkin