Google bugun YouTube videoxostingida HDR video funksiyasini ishga tushirdi. Endilikda mazkur formatda yozilgan videolarni servisga yuklash va tomosha qilish mumkin.
HDR (High Dynamic Range) formatida ranglar tabiiy, tasvir yorug‘, oq va qora ranglarining balansi yanada hamohang bo‘ladi. Bugungi kunda bunday formatni qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon, planshet va televizorlarning qatori kengayib boryapti.
Shu bilan bir qatorda mazkur texnologiyaga ega bo‘lgan monitor va televizorlarda endi HDR kontentni translasiya qilish mumkin. Terabayt.uz nashrining ma’lum qilishicha, garchi videoxostingda bunday funksiya yo‘lga qo‘yilga bo‘lsa-da, xizmatda HDR videolarning hajmi ancha kam. Biroq vaqt o‘tgan sari ularning soni ko‘payishi turgan gap.
HDR videoni kompyuterdan/noutbukdan yoki YouTube’ning Android va iOS ilovalari orqali servisga yuklash imkoniyati mavjud. HDR videoni YouTube’ga qo‘shish jarayoni tushuntirilgan yo‘riqnomani bu erda o‘qishingiz mumkin.
HDR videoning sifatidan bahra olish uchun quyidagi videoni tomosha qiling.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi