12:39 / 11.11.2016
7 494

Bluboo Edge – xitoylik Samsung Galaxy S7 Edge…faqat ancha arzonroq

Bluboo Edge – xitoylik Samsung Galaxy S7 Edge…faqat ancha arzonroq

Tinib-tinchimagan xitoyliklar kimsan Samsung Galaxy S7 Edge modelining arzon analogini yaratishdi. Bu shunchaki koreys modelining kloni emas, balki to‘liq imkoniyatli yon ekranli smartfon. Garchi Bluboo Edge smartfonining displey diagonali 5,5 dyuym bo‘lsa-da, qalinligi bor-yo‘g‘i 0,8 mm bo‘lgan yon ramkalar hisobiga ramkasiz ekran effekti hosil qilinadi.

Terabayt.uz saytining yozishicha, Bluboo Edge takt chastotasi 1,3 GGs bo‘lgan to‘rt yadroli MediaTek MT6737 prosessori, 2 GB tezkor xotira, barmoq izi skaneri va pulsometr bilan jihozlanadi. Ekran aniqligi HD formatida bo‘lib, quyosh nurlari ostida ham qoniqarli namoyishni ta’minlaydigan OGS Sharp texnologiyasida ishlangan. Doimiy xotirasining sig‘imi – 16 GB, microSD-karta yordamida uni 256 GBgacha ko‘paytirish mumkin. Modelga aniqligi 13 MP bo‘lgan asosiy va 8 MPli old kamera o‘rnatilgan.

Modelning qo‘shimcha texnik parametrlari bilan ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

Bluboo Edge smartfoniga oldindan buyurtma berish dasturi ochilgan. Narxi 140 dollar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bluboo Edge – xitoylik Samsung Galaxy S7 Edge…faqat ancha arzonroq