14:09 / 15.11.2016
5 719

Samsung televizorlar uchun golografik texnologiyani patentladi

Samsung televizorlar uchun golografik texnologiyani patentladi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi golografik texnologiyalar bilan kuchaytirilgan televizorlarning navbatdagi seriyasini patentladi. 3D texnologiyalarga ega bo‘lgan Samsung televizorlariga jahon bozorida kuchli talab kuzatilmadi. O‘tmishdoshlaridan farqli tarzda yangi golografik televizorlarga 3D kontentni namoyish qilish uchun qo‘shimcha aksessuarlarga zarurat bo‘lmaydi.

Terabayt.uz saytining yozishicha, majmua lazer nur manbai, boshqaruv bloki, fazoviy nur modulyatori, shuningdek foydalanuvchini kuzatish blokini o‘z ichiga oladi. Modullarning so‘nggisi golografik tasvirni optimallashtirish maqsadida ko‘zlarning joylashuvini aniqlashga mo‘ljallangan.

Patent buyurtmasi joriy yilning yanvarida berilgan, biroq hujjat endigina chop etilgan. Taklif qilingan tizimning amalga oshish muddatlari haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung televizorlar uchun golografik texnologiyani patentladi