Rossiyaning “Transmashxolding” kompaniyasi Toshkent metropoliteni vagonlarini modernizasiya qilish jarayonida ishtirok etish niyatida, deb ma’lum qilgan kompaniya vakili.
Bugun “Transmashxolding”ning vakillar delegasiyasi kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga uchib ketadi. Xususan, rossiyaliklar Toshkent metropolitenida “Moskva” deb nomlanuvchi 765-seriyadagi eng yangi vagonlardan foydalanishni taklif etmoqdalar, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.
Unda quyidagi yangiliklar mavjud:
1.Kondisioner, ventilyasiya va ultrabinafsha chiroqlar yordamida havoni tozalash tizimi mavjud.
2.Xavfsizlikni saqlash maqsadida videokameralar o‘rnatilgan.
3.Vagonlar orasida erkin harakatlanish mumkin. Tig‘iz vaqtda bosh va so‘nggi vagonlarda odamlar tiqilinch bo‘lib qolmaydi.
4.Vagonlar eshigi avvalgilariga nisbatan 12 foizga kengroq.
5.Vagonlarda sensorli axborot monitorlari mavjud.
6.Yangi interaktiv xarita orqali yo‘nalishni aniqlash, bekatlarni topish va unga ketadigan vaqtni aniqlash mumkin.
7.Yo‘lovchilar qulayligi uchun tutqichlar 30 foizga ko‘paytirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra hozirda poytaxt metropoliteni parkida jami 198 ta vagon bo‘lib, vagonlarning o‘rtacha yoshi 25 yilni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi