13:02 / 18.11.2016
6 853

Odnoklassniki postlarni «OK» valyutasi bilan targ‘ib qilish imkonini yaratdi

Odnoklassniki postlarni «OK» valyutasi bilan targ‘ib qilish imkonini yaratdi

Odnoklassnikida postlarni ijtimoiy tarmoq pul birligi “OK” yordamida targ‘ib qilish sozlanmasi paydo bo‘ldi. Reklama promosi postni guruh ishtirokchilari orasida maqsadli auditoriyaning jinsi, yoshi, geografiyasi va qamrovi kabi sozlanmalar kiritgan holda targ‘ib qilish imkonini beradi.

Sozlanma kichik biznes va OAVlar uchun yangilklarni yoki mahsulotni, xizmatlarni tez targ‘ib qilishda foydali bo‘ladi. Unda myTarget reklama kabinetining doimiy hozirligi talab etilmaydi. Ushbu format guruhlar ma’murlariga qiziq bo‘ladi. Postlarni auditoriya orasida targ‘ib qilish ular uchun qo‘shimcha monetizasiya imkoniga aylanishi mumkin.

Yangi sozlanmani tajribadan o‘tkazishda “N+1” va “The Village” nashri, Kupibilet, “Roza Xutor” va Busfor kompaniyalari qatnashdilar.

“Biz uchun guruh auditoriyasiga qaratilgan promo postlar bu o‘quvchilarni aktivlashtirish va eng muhim xabarlarga e’tibor qaratishga yordam beruvchi tez va qulay usuldir. Umumiy yangiliklar oqimida obunachilar uchun muhim ilmiy kashfiyot yoki inqilobiy ixtirolarni ajratish qiyin. Albatta Odnoklassnikida ushbu masalani echuvchi sozlanma paydo bo‘lganidan xursandmiz” – deb sharh berdi “N+1”ning ditribusiya bo‘limi boshlig‘i Pavel Odinaev.

“Biz “Ajoyib Juma” kvestini targ‘ib qilish uchun pullik promo postlardan foydalandik. Va 4600 kishini qamrab olishga erishdik, bu esa biz kutgandan biroz ko‘proq. Agar sizga biror bir mahsulotni yoki xizmatni targ‘ib qilish uchun promo postlar juda qulaydir, sozlanma siz to‘lashga tayyor bo‘lgan hajmning qamrovini kafolatlaydi. “Aqlli” tasmaning ishga tushishi bilan namoyishlar va qamrovlarning oldindan aytib berish qiyinlashdi. Promo post esa maqsadli auditoriya orasidagi kafolatli qamrovga ega bo‘lish imkoniyatini beradi”, - dedi Kupibilet.ru SMM-mutaxassisi Marina Kuznesova.

Ushbu sozlanmadan foydalanganligiga qaramay guruhda uch reklama postini joylashtirish cheklovi ishlaydi. Ushbu cheklov faqat reklama joylashtiruvchi guruhlar uchun mavjud. Reklama joylashtiruvchilar avvalgiday myTarget orqali cheklovsiz targ‘ib qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yangi sozlanmadan foydalanish uchun yangilikni chop etayotganingizda “pullik promo” sozlanmasini va maqsadli auditoriya uchun kerakli sozlanmalarni tanlashingiz kerak. Ushbu sozlanma tez orada barcha uchun mavjud bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki postlarni «OK» valyutasi bilan targ‘ib qilish imkonini yaratdi