Kickstarter platformasida selfi olishga mo‘ljallangan AirSelfie nomli mitti dronning loyihasi taqdim etildi. Ushbu dron-kvadrokopter ixcham shaklga ega, cho‘ntakda olib yursa bo‘ladi. Dron bir qator sensorlar, microSD-slot, Wi-Fi adapteri va batareya bilan jihozlangan.
Dronga aniqligi 5 MP bo‘lgan kamera o‘rnatilgan, uni maxsus mobil ilova yordamida boshqarish mumkin. Kvadrokopter orqali selfi quyidagi usulda olinadi: Foydalanuvchi apparatni ishga tushirib, smartfon orqali kerakli rakursni aniqlaydi, shundan keyin selfi olish uchun taymer o‘rnatiladi. Shunday qilib smartfonni boshqa joyga qo‘yib, selfi uchun zaruriy holatni egallash mumkin bo‘ladi.
AirSelfie’ning og‘irligi 50 gramm atrofida, avtonom ishlash vaqti taxminan 3 daqiqani tashkil etadi. Selfi dron keyingi yil 180 evro narxida sotuvga chiqadi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»