14:33 / 21.11.2016
7 158

Tesla rahbari butun dunyoni internet bilan qoplamoqchi

Tesla rahbari butun dunyoni internet bilan qoplamoqchi

Bundan necha hafta ilgari Mars sayyorasiga doimiy parvozlarni yo‘lga qo‘yish borasida bir qator rejalarini o‘rtoqlashgan Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask, bu gal butun er yuzini internet bilan ta’minlash loyihasini ilgari surdi. Buning uchun milliarderga tegishli SpaceX kompaniyasi fazoga oz emas, ko‘p emas 4 000 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshlarni uchirmoqchi.

Terabayt.uz saytining yozishicha, hozircha SpaceX Puerto-Riko va AQShga qarashli bir qator orollarni tezkor internet bilan qoplash uchun orbitaga 800ga yaqin sun’iy yo‘ldoshni chiqarish maqsadida AQSh Federal kommunikasiya komissiyasiga murojaat qilgan.

Fazoviy internet loyihasi bilan SpaceX firmasidan avvalroq OneWeb va Boeing kompaniyalari ham shug‘ullanayotgani ma’lum qilingan edi. SpaceX sun’iy yo‘ldoshlari, nashrda yozilishicha, o‘rtacha avtomobil hajmiga ega bo‘ladi, og‘irligi esa 386 kilogrammni tashkil etadi. Internet tezligi borasida aniq ma’lumot mavjud emas.

2015 yilning boshlarida Ilon Mask o‘z chiqishlarining birida mazkur loyihaga taxminan 10 mlrd dollar mablag‘ sarflanishi haqida so‘zlagan edi. SpaceX’ning fazoviy internet loyihasiga Google va Facebook kabi gigantlar yirik miqdorda sarmoya kiritishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tesla rahbari butun dunyoni internet bilan qoplamoqchi