21:35 / 23.11.2016
6 604

WhatsApp ilovasida yana bir yangi imkoniyat paydo bo‘ldi

WhatsApp ilovasida yana bir yangi imkoniyat paydo bo‘ldi

WhatsApp ilovasining so‘nggi yangilanishida, videolavhalarni ko‘rish borasida yangi funksiya paydo bo‘ldi. Endilikda, yuborilgan videotasvirlarni, ularni to‘liq yuklamasdan bevosita tomosha qilish mumkin, deb yozmoqda Kun.uz.

Ya’ni, videoyozuvlarni ularni yuklash jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish imkoniyati taqdim etilgan. Shu bilan foydalanuvchilar videolarni yuklash uchun sarf qiladigan bir necha soniyani tejay olishadi.

Hozircha, bu yangilanish Android dasturiy ta’minoti negizida ishlaydigan smartfonlar uchun taqdim etilmoqda. Bundan avvalroq, WhatsApp ilovasida videoqo‘ng‘iroqlar tugmasi ham paydo bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » WhatsApp ilovasida yana bir yangi imkoniyat paydo bo‘ldi