14:17 / 17.03.2015
7 367

Apple eski Android smartfonlarni yangi iPhone’ga almashtiradi

Apple eski Android smartfonlarni yangi iPhone’ga almashtiradi

Apple kompaniyasi Android operasion tizimidagi smartfonlarni o‘zining yangi mahsulotlari to‘lovining bir qismi sifatida qabul qilishni boshlaydi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Shu tariqa, Android operasion tizimidagi smartfonlar egalari o‘z qurilmasini Apple do‘koniga olib borib, iPhone yoki iPad’ni chegirma bilan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Nashrning ta’kidlashicha, “trade-in” usulidagi savdo kompaniyaga boshqa markali smartfon foydalanuvchilarini o‘z tomoniga og‘dirish imkonini beradi.

Eski gadjet Apple do‘koniga olib kelingach, xodim uni baholaydi va tegishli miqdordagi chegirmali karta beradi. Karta yordamida iPhone, iPad yoki Apple’ning boshqa mahsulotlarini sotib olish mumkin.

Ma’lum qilinishicha, Apple faqatgina yaxshi saqlangan hamda xaridorgir smartfonlarni qabul qiladi. Bu taklif bir necha hafta ichida amalga oshiriladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple eski Android smartfonlarni yangi iPhone’ga almashtiradi