Xitoyning arzon narxli va kuchli texnik parametrlarga ega smartfonlar ishlab chiqaruvchi Meizu kompaniyasi 2014 yilda o‘zining ilk planshetini taqdim etishi kerak edi. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra firma planshetlar tayyorlashni orqaga surib keldi.
Yaqinda kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha vise-prezidenti Yang Yan Flyme interfeysiga bag‘ishlangan konferensiyada Meizu planshetlar uchun mazkur dastur versiyasini yaratayotgani haqida so‘z yuritgan edi.
IXBT saytining yozishicha, Meizu bundan bir muddat ilgari Xitoydagi eng mashhur mikroblog – Weibo resursida o‘zining planshetlarga ajratilgan sahifasini ochgan. Sahifaning birinchi postida planshetlarga mo‘ljallangan Flyme OS tizeri o‘rin oldi.
Hozircha Meizu chiqaradigan planshetlar borasida qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilinmagan. Taxminlarga ko‘ra, ular Meizu X smartfoni bilan birgalikda namoyish etilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi