Google kompaniyasi o‘zining Jorjiyadagi Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (MQIM) maydonini kengaytirishni rejalashtirayapti. Serverlar, tarmoq qurilmalari va ma’lumotlarni saqlovchi disklarni joylashtirish zarurati tufayli qo‘shimcha maydon talab qilinmoqda.
VentureBeat resursining xabar berishicha, Atlantadan g‘arb tomonda joylashgan Duglas okrugi hokimiyati Google bu hududda joylashgan ushbu MQIMni kengaytirishga 300 mln dollar sarflashini inobatga olib, unga ko‘chmas mulk bo‘yicha soliq imtiyozlari berishga rozi bo‘ldi.
Google vakili kompaniya haqiqatan ham ushbu ob’ektni kengaytirishni boshlaganini tasdiqladi. Bu loyihaning amalga oshirilishi kamida 25 ta yangi ish o‘rnini yaratishga imkon beradi.
Google oxirgi yillar davomida bozorning etakchisi Amazon’ning veb-servislari bilan raqobatchilik qilish maqsadida o‘zining bulutli xizmatlarini rivojlantirish bilan birga har yili yangi MQIMlar va boshqa ob’ektlarni qurish uchun milliardlab dollarlar sarflaydi.
Google 2003 yilda ochilgan Jorjiyadagi MQIMga qo‘shimcha ravishda AQShning Janubiy Karolina, Ayova, Oklaxoma, Shimoliy Karolina, Oregon shtatlarida, Chili, Tayvan, Singapur, Finlyandiya, Belgiya, Irlandiya va Niderlandiyada joylashgan MQIMlaridan ham foydalanadi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi