Ma’lumki, yirik kompaniyalar o‘z raqobatchilarining xodimlarini ishga yollash masalasiga jiddiy ishtiyoq bilan qarashadi. Sababi katta tajriba va ko‘nikmaga ega mutaxassis kompaniyani butunlay yangi darajaga ko‘tarishi mumkin.
Yaqinda AQShning Tesla Motors kompaniyasi IT-gigant Microsoft‘da etakchi diayner sifatida faoliyat yuritgan Endryu Kimni ishga yollab, uni bosh dizayner lavozimiga tayinladi. Endryu Kim Microsoft HoloLens loyihasi ustida uch yildan ko‘proq mehnat qilgan. Shuningdek, u Xbox One S pristavkasini takomillashtirishda ham o‘z hissasini qo‘shib kelgan. Hozircha Kim avtomobil kompaniyasida qaysi loyihalar bilan shug‘ullanishi noma’lum. Biroq shu narsa aniqki, elektromobil ishlab chiqarishda yangi davrni ochib bergan Tesla Motors firmasiga uning iste’dodi juda katta manfaat keltirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi