14:15 / 28.11.2016
7 404

Toshkentda Redmi Note 4 smartfoni 1,65 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

Toshkentda Redmi Note 4 smartfoni 1,65 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

O‘zbekistonda Xiaomi kompaniyasining Redmi Note 4 smartfoni — Redmi Note 3 modelining yangilangan versiyasi sotila boshladi, deb yozadi «Daryo». Yangi qurilma 5,5 dyuymli Full HD-displey va plastik detallari bo‘lmagan to‘liq metall korpusi bilan farqlanadi.

Telefonning pastki qirrasida bir juft dinamiklar, orqa tomonida 13 megapikselli kamera joylashgan, u barmoq izi skaneri bilan uyg‘unlashib ketgan. Smartfon «kapoti ostida» esa 10 yadroli MediaTek Helio X20 prosessori, 4100 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 2 Gb tezkor va 16 Gb doimiy xotira bor.

Toshkentning «Fleshka» savdo majmuasida Redmi Note 4 1 650 000 so‘mga taklif qilinmoqda. Taqqoslash uchun, Redmi Note 3’ni hozir 1 115 000 so‘mga xarid qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkentda Redmi Note 4 smartfoni 1,65 mln so‘mdan sotuvga chiqdi