17:37 / 29.11.2016
6 960

UZ zonasida ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 30 mingdan oshdi

UZ zonasida ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 30 mingdan oshdi

UZ zonasida ro‘yxatdan o‘tgan domenlar statistikasining guvohlik berishicha, 2016 yilning 29 noyabr holatiga milliy domen zonasida 30 035 ta domen ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Bundan avval 2016 yil 26 avgustida 29 ming domen ro‘yxatdan o‘tgan edi. Shu tariqa uch oydan sal ko‘proq vaqt ichida navbatdagi mingta ro‘yxatdan o‘tgan veb-resurs paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning boshida 25 368 ta domen ro‘yxatdan o‘tgan edi. Joriy yilda eng ko‘p — 1 366 ta domen aprel oyida ro‘yxatdan o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UZ zonasida ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 30 mingdan oshdi