13:27 / 30.11.2016
6 768

Facebook xatolik tufayli Sukerbergning postlarini o‘chirib yubordi

Facebook xatolik tufayli Sukerbergning postlarini o‘chirib yubordi

29 noyabr kuni Facebook rahbari Mark Sukerbergning bir nechta posti uning akkauntidan texnik xatolik tufayli o‘chib ketdi, deb yozadi «Daryo».

Sukerbergning o‘nga yaqin g‘oyib bo‘lgan postlari, xususan, saylovlar hamda Facebook’da feyk yangiliklar sonining oshishi mavzulariga aloqador bo‘lgan.

Qaydlar keyinroq qayta tiklandi, kompaniya vakili bu tasodifan sodir bo‘lganini aytdi. «Bu tizimlarimizdan biridagi xatolik tufayli yuz berdi, postlar ayni paytda qayta tiklandi. Markning akkauntiga xakerlar hujum qilgani yo‘q, u o‘z xabarlarini o‘zi yozmoqda», — dedi ijtimoiy tarmoq vakili.

Avvalroq Twitter mikroblogi asoschilaridan biri va kompaniya rahbari Jek Dorsining akkaunti 22 noyabr kuni xatolik tufayli yopib qo‘yilgani xabar berilgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook xatolik tufayli Sukerbergning postlarini o‘chirib yubordi