12:27 / 09.12.2016
7 327

Microsoft Cortana assistenti kompyuterni o‘chirish va qayta yoqishni o‘rgandi

Microsoft Cortana assistenti kompyuterni o‘chirish va qayta yoqishni o‘rgandi

Joriy haftada Microsoft kompaniyasi Insider dasturi ishtirokchilari uchun Windows 10 dasturining navbatdagi beta-versiyasini chiqaradi, deb yozmoqda Terabayt.uz nashri. Ushbu versiya orqali Cortana ovozli assistentiga ham bir qator o‘zgarishlar tatbiq etiladi.

Jumladan, endilikda Cortana yordamida foydalanuvchi ovozli buyruqlar orqali kompyuterni uyqu rejimiga o‘tkazish, qayta yoqish yoki shunchaki uni o‘chirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ovozli assistent kompyuterni bloklash va tovush balandligini sozlashni ham o‘rgandi.

Cortana orqali hatto bloklangan kompyuterda ham bir qator audio servislardagi musiqiy fayllarni ham boshqarish mumkinligi yozilmoqda. Albatta, bular katta o‘zgarishlar emas, biroq aynan mana shunday xabarlar IT sohasi, jumladan, Microsoft kompaniyasi qaysi yo‘nalishda borayotganini qo‘rsatib beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Microsoft Cortana assistenti kompyuterni o‘chirish va qayta yoqishni o‘rgandi