Qualcomm Snapdragon prosessorlarida ishlaydigan ilk kompyuterlar kelgusi yilda paydo bo‘ladi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti. Bu haqda Microsoft va Qualcomm kompaniyalari kuni kecha o‘tkazilgan WinHEC 2016 konferensiyasida ma’lum qilganlar. Snapdragon 835 Windows 10 dasturiga butunlay mos keladi va bu omil ARM-prosessorlarning barcha funksiyalaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Foydalanuvchilar mobil gadjetlarda ushbu prosessor yordamida Windows dasturlari, jumladan, Win32 dasturlarini (MS Office, Adobe Photoshop va o‘yinlar) ishga tushirishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu jarayon yangi emulyator orqali amalga oshiriladi. Qualcomm Snapdragon chiplari Windows qurilmalariga Wi-Fi va LTE, 5G, eSIM, barmoq izi skaneri va tezkor zaryadlash kabi funksiyalarni qo‘llash imkonini beradi. Shu bilan birga, bunday chiplar faol sovutish talab etilmaydigan va ishlash muddati uzoq bo‘lgan ixcham devayslar tayyorlashga yo‘l ochadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»