Shu kungacha 6,8 dyuymli Zenfone 3 Ultra modeli ASUS kompaniyasining eng yirik ekranli smartfoni hisoblanar edi. Biroq tayvanlik kompaniya kuni kecha bundan-da kattaroq ekranga ega bo‘lgan 6.9 dyuymli Zenfone Go ZB690KG modelini namoyish etdi.
Biroq garchi juda yirik hajmda tayyorlangan bo‘lsa-da, mazkur yirik ekranli model flagman qurilmalar qatoriga kirmaydi. Gadjet to‘rt yadroli takt chastotasi 1,2 GGs bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 200 prosessori, 1 GB tezkor va 8 GB doimiy xotira bilan jihozlangan, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
ASUS Zenfone Go ZB690KG displeyining aniqligi – 1024 x 600 piksel, microSD-slot, 8 MPli asosiy va 2 Mpli old kameraga ega. Wi-Fi 802.11b/g/n va Bluetooth 4.0 interfeyslari, 3G tarmoqni qo‘llab-quvvatlaydi. Batareyasining sig‘imi – 3480 mA/soat. Og‘irligi 265 gramm, o‘lchamlari — 101,4 × 187,96 × 8,85 mm.
Gadjetning narxi hozircha ma’lum qilinmagan. Biroq bunday texnik parametrlarga ega smartfonning narxi qimmat bo‘lishi mumkin emas. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda