Instagram mobil ilovasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyasiya qilish imkonini taqdim etdi. U AQShning barcha aholisi uchun amal qilmoqda, deb xabar berdi Kun.uz sayti.
Foydalanuvchilar translyasiyani ilovadagi maxsus tugmani bosish orqali ishga tushirishlari mumkin. “Jonli” video bir soat bilan cheklanadi. Shu bilan bir qatorda, u serverlarda saqlanmaydi - rolikni yana bir bor tomosha qilish mumkin emas.
Ta’kidlanishicha, Instagram’ning yangi funksiyasidan hozircha faqat amerikaliklar foydalanish imkoniga ega. Yaqin haftalar davomida esa yangilik boshqa mamlakatlar hududida ham ishlatilishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Instagram ilovasi 2010 yilning 6 oktyabr kuni ishga tushirilgan bo‘lib, avvaliga Apple smartfonlari uchun mo‘ljallangan. Servis 2012 yilning aprelida Android foydalanuvchilari tomonidan ham ishlatila boshlandi. O‘shanda Facebook kompaniyasi Instagram’ni 1 milliard dollarga xarid qilgan. Servisdan foydalangan kishilarning umumiy soni 2016 yilda 500 milliondan oshdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi