14:31 / 14.12.2016
6 341

Robot Yaponiya universitetlarining birida dars berishni boshlaydi

Robot Yaponiya universitetlarining birida dars berishni boshlaydi

Yaponiyadagi mahalliy universitetlarning birida talabalarga ma’ruza o‘qiydigan birinchi robot-tarjimon ish boshlaydi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Robot mashhur yapon yozuvchilaridan biri, zamonaviy yapon adabiyoti asoschilaridan hisoblangan Nasume Soseki qiyofasida ishlab chiqilgan. Robot-o‘qituvchi adabiyot faniga doir ma’ruzalarni o‘qishga xizmat qiladi. Olimlar kelgusida talabalarning robot ma’ruzasiga bildiradigan munosabatlarini ham kuzatishni rejalashtirishgan.

Agar ushbu amaliyot o‘quv yurtlarida muvaffaqiyat qozonsa, Yaponiyada boshqa fanlar bo‘yicha ham ma’ruza qiladigan robotlarning paydo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ixtirochilar robotlarni tabiiy ko‘rinishi uchun odam qiyofasida loyihalashtirishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Robot Yaponiya universitetlarining birida dars berishni boshlaydi