Sir emaski, bugungi kunda megapolislardagi uy-joyning har bir kvadrat maydoni kutilganidan ancha qimmat turadi. Ushbu muammoni hal etish maqsadida Xitoy xalq arxitektura byurosi gaykali klyuch yordamida bir sutka ichida yig‘ilishi mumkin bo‘lgan uy konstruksiyasini ishlab chiqdi. Mazkur uyni taxminan 10 ming dollarga xarid qilish mumkin.
Mazkur uy uchun ishlatiladigan materiallar, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti. mustahkam xom-ashyolardan tayyorlangan, uy tayyor isitish modullari, elektroenergiya o‘tkazmasi va santexnika jihozlariga ham ega. Barcha qismlar o‘zaro bloklash tizimi orqali birlashtiriladi.
Uy ikkita havaskor tomonidan taxminan 24 soat ichida yig‘ilishi mumkin. Aytishlaricha, mazkur innovasion uy foydalanuvchiga Xitoyda oddiy tijorat uyi qurilishiga qaraganda 30 marta arzonroq tushadi. Uyning ichki qismidagi maydonning hajmi 27,8 kvadrat metrga teng. Uy mehmonxona, oshxona, tomdagi kichik ayvon, deraza va eshiklardan tashkil topgan. Shuningdek, uyga mobil yoki shahar kanalizasiyasiga ulangan vannaxona ham o‘rnatilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?