Samsung korporasiyasi Galaxy Note 7 smartfonlari portlab ketishi sababini qidirish maqsadida o‘tkazgan tadqiqotini yakunladi. Samsung mutaxassislari chiqargan xulosalar haqidagi ma’lumot mustaqil laboratoriyalar, jumladan Korea Testing Laboratory va UL Korea’ga berilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Qayd qilish joizki, tergov natijalari hozircha oshkor qilinmagan. Instrumental kompaniyasi mutaxassislarining fikricha, gadjetning portlashiga uning ichidagi detallarning juda zich qilib joylashtirilgani sabab bo‘lgan.
Nashrning yozishicha, Samsung yangi flagman modeli Galaxy S8 bilan bozorga «shiddat bilan qaytmoqchi». Galaxy Note 7’ning portlab ketishi bilan bog‘liq bir qator voqealardan keyin kompaniyaning obro‘siga putur etdi va endi u bekamu-ko‘st flagman modelini namoyish qilishi lozim.
Taxmin qilinishicha, Samsung’ning yangi smartfoni displeyi ramkasiz va bukilgan bo‘ladi, old panelda esa ko‘z rangdor pardasining skaneri paydo bo‘ladi. Yangi smartfonni 2017 aprelda bozorga chiqarish belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi