Yaqinda Samsung kompaniyasi o‘zining Smart TV turkumidagi aqlli televizorlari uchun navbatdagi dastur yangilanishini chiqardi. Mazkur dastur yangilanishi ayni paytda televizor menyularida turli reklamalarni ko‘rsatishi ko‘plab foydalanuvchilar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Janubiy Koreya kompaniyasi Smart TV televizorlarda reklama ko‘rsatishni rejalagani xaqidagi xabar matbuotda o‘tgan yili paydo bo‘lgan edi. Biroq bugunga kelib ushbu reja amalga oshirildi: endilikda Samsung Smart TV foydalanuvchisi televizor interfeysidagi bir menyudan boshqa menyuga o‘tmoqchi bo‘lsa, u kompaniya hamkorlariga tegishli reklamani ma’lum muddat ko‘rishi talab etilmoqda, bundan g‘azablangan mijozlar esa televizorni internet tarmog‘idan uzib tashlamoqdalar.
Garchi AQShdagi Samsung ofisi vakillari reklamalarni televizor sozlamalarida o‘chirib qo‘yish imkoniyati mavjudligini qayd etishgan bo‘lsa-da, foydalanuvchilarning aytishicha, hatto menyudan reklamani faolsizlantirganda ham ayrim reklamalar baribir ko‘rsatilishda davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin