8 GBli operativ xotiraga ega bo‘lgan smartfonlar davriga ko‘p vaqt qolmagan ko‘rinadi. Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ancha oldin bunday hajmdagi xotira chipini yaratgan edi, endilikda esa Hynix firmasi bunday chipning apparat qismini tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda Terabayt sayti.
Hynix takt chastotasi 3733 MGsli 8 GBli LPDDR4 (har biri 2 Gbli 4 ta mikrosxema) xotirani ishlab chiqarishga tayyor. Ushbu chipning axborot o‘tkazish imkoniyati 29,8 GB/s, u 21 nm texnojarayoni yordamida yaratiladi. Chipning nisbatan kamroq energiya sarflaydigan versiyasini 2017 yilda sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.
Taqqos uchun, Samsung tomonidan 10 nm texnojarayoni orqali yaratilgan 8 GBli chip 4266 MGs chastotaga ega. Hynix mahsuloti undan biroz kuchsiz va ko‘proq quvvat sarflaydi.
Hynix firmasi xitoylik ishlab chiqaruvchilardan boshlab, Dell, Apple va boshqa gigantlarga turli xotira chiplarini etkazib beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi