Shubhasiz, so‘nggi yillarda xitoylik nomdor smartfon ishlab chiqaruvchilarning yangi smartfonlari juda katta qiziqish bilan kutib olinmoqda. Masalan, yaqinda Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi5S modelini sotuvga chiqargan edi, biroq oradan oz vaqt o‘tganiga qaramay, internet tarmog‘ida Xiaomi Mi6 flagmaniga doir yangiliklar paydo bo‘lmoqda.
Terabayt saytining ma’lum qilishicha, navbatdagi flagman 2017 yilning 14 fevral sanasida taqdim etilishi mumkin. Shu bilan birga, Xitoyning Weibo mikroblogida 6 raqami va 14 fevral sanasi aks ettirilgan tizer ham paydo bo‘lgan. Hozircha tizerning aniqligi shubha ostida. Biroq kompaniya yilning birinchi choragida yangi flagman taqdim etishi odatga aylangan.
Xiaomi Mi6 flagmani Snapdragon 835 prosessorida ishlaydigan ilk qurilmalardan bo‘lishi kutilmoqda. U 20 Mpli qo‘sh kameraga ham ega bo‘lishi mumkin. Hozircha boshqa texnik parametrlar oshkor etilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi