22:09 / 28.12.2016
6 479

Huawei yangi Kirin 970 prosessori ustida ish olib bormoqda

Huawei yangi Kirin 970 prosessori ustida ish olib bormoqda

Huawei kompaniyasining so‘nggi Hisilicon Kirin 960 prosessorining imkoniyatlari Mate 9 flagmanida bundan ikki oycha oldin namoyish etilgan edi. Ammo internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan oxirgi xabarlarga ko‘ra, xitoylik kompaniya navbatdagi flagman prosessorni yaratish ustida ishni boshlab yuborgan.

Terabayt saytining xabar qilishicha, yangi Kirin 970 prosessori bozorda Mediatek Helio X30 va Qualcomm Snapdragon 835 chiplari bilan raqobat qilishi kutilmoqda. U Huawei kompaniyasining 10 nanometrli texnoprosess asosida yaratilgan birincha flagman chipi bo‘lishi mumkin. Kirin 970 sakkizta yadrodan (to‘rtta ARM Cortex-A73 va to‘rtta ARM yadra Cortex-A53) iborat bo‘ladi, maksimum takt chastotasi 2,8 yoki 3.0 gigagersni tashkil qiladi. Bundan tashqari, chip LTE Cat. 12 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu prosessor 2017 yilda Mate 10 flagmani bilan birgalikda taqdim etilishi taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei yangi Kirin 970 prosessori ustida ish olib bormoqda