Yaqinda daniyalik olimlar o‘tkazilgan tadqiqot natijasida Facebook’dan bir hafta mobaynida foydalanmaslik kishidagi emosional holatni yaxshilashi va o‘zidan qoniqish tuyg‘usini kuchaytirishini aniqladilar. Bu haqda N+1 nashri maqolasiga tayanib Terabayt.uz xabar berdi.
Tadqiqot internet foydalanuvchilarning uchdan ikki qismi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan Daniya mamlakatida o‘tkazildi. Olimlar tadqiqot orqali tarmoqdan kuniga bir soatdan ko‘proq foydalanadigan va undan umuman foydalanmaydigan odamlarda qanday emosional holatlar kechishini aniqlashni maqsad qilishgan edi. Tajribada jami 1095 ta odam qatnashdi. Ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi 34 yoshni tashkil qilgan. Barcha qatnashchilar ikkita guruhga ajratilgan: guruhlarning biri ijtimoiy tarmoqdan foydalanishda davom etavergan, ikkinchi esa bir hafta mobaynida unga umuman kirmagan.
Tajribadan keyin o‘tkazilgan so‘rov natijalariga muvofiq olimlar 3 toifadagi foydalanuvchilarda: ijtimoiy tarmoqda ko‘p vaqt sarflaydigan, passiv foydalanuvchilar va omadli insonlarning Feysbukdagi sahifalarini o‘rganib, ularga havas qiladigan odamlarda tarmoqdan uzoqlashish hissiy-emosional holatni yaxshilaganini ma’lum qilishgan.
Olimlar ushbu jarayonda aynan ijtimoiy tarmoqning emas, balki undagi xulq-atvor uslubining salbiy ta’siri mavjudligini qayd qilishgan. Ular tarmoq foydalanuvchilariga havas va hasad qo‘zg‘aydigan odamlarning sahifalariga kirmaslikni va imkoni boricha Feysbukdan kamroq foydalanishni tavsiya qilishgan. Bundan tashqari, ular do‘stlar bilan onlayn va oflayn suhbatlashishni va tarmoqlarda “jimjit” kezmaslikni maslahat berishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!