11:58 / 06.01.2017
7 163

Beeline roumingi dunyoning 185 mamlakatida amal qiladi

Beeline roumingi dunyoning 185 mamlakatida amal qiladi

Beeline halqaro ovozli rouming xizmatlari dunyoning 185 ta mamlakatidagi 489 ta operator tarmog‘ida amal qilishi haqida xabar beradi.

“Butun dunyo bo‘ylab Beeline xizmatlaridan foydalana olishi mumkin bo‘lgan ishonchli va maksimal keng rouming tarmog‘ini o‘z abonentlarimizga taklif qila olish biz uchun muhim, – voqeani sharhlaydi Unitel‘ning texnik direktori Evgeniy Klyuchev. – Bir necha yil davomida hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish ustida muntazam ravishda ish olib borish va innovasiyalarni ishga solish natijasida, biz birinchi raqamli rouming-operator bo‘lib qolmoqdamiz”.

Eslatib o‘tamiz, Beeline 2010 yilda rouming-hamkorlar soni bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi o‘ringa chiqgan. Kompaniya, shuningdek GPRS-rouming (162 ta mamlakatda 380 ta operator) va CAMEL-rouming (dunyoning 107 ta mamlakatida 236 ta operator) segmentlarida ham etakchilik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline roumingi dunyoning 185 mamlakatida amal qiladi