20:00 / 07.01.2017
5 667

Google va Apple Rossiya onlayn do‘konlaridan LinkedIn dasturini o‘chirib tashladi

Google va Apple Rossiya onlayn do‘konlaridan LinkedIn dasturini o‘chirib tashladi

Google va Apple kompaniyalari o‘zlarining Rossiyadagi onlayn do‘konlaridan LinkedIn dasturini o‘chirib tashladi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Apple vakillari bir oy muqaddam kompaniya dasturni Rossiya hududida bloklab qo‘yish talabini olgan edi. Google esa o‘zi ishlayotgan davlatlarning qonunlarini hurmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Roskomnadzor agentligi 2016 yilning 17 noyabrida LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ini Rossiya hududida bloklab qo‘ydi. Aytilishicha, personal ma’lumotlarni saqlash bilan bog‘liq qonunchilikning ko‘p marotaba buzilishi bunga sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google va Apple Rossiya onlayn do‘konlaridan LinkedIn dasturini o‘chirib tashladi