Xitoyning etakchi internet qidiruv tizimiga egalik qiluvchi Baidu kompaniyasi mamlakat rahbariyatidan Pekinda o‘zining onlayn-bankini ochishga ruxsat oldi. Bu haqda IBS Intelligence portaliga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Yangi bank Baixin Bank deb ataladi. Bankning yaratilishida Xitoyning China CITIC Bank banki ham ishtirok etmoqda. Bu xizmat qachon ishga tushirilishi ma’lum qilinmagan.
Yangi bank ko‘rsatadigan xizmatlar ichida jismoniy shaxslar va kichik biznesga kredit berish, investision mahsulotlarni sotish kabilar bo‘ladi. China CITIC Bank raisi Li Sinpinning aytishicha, yangi bank bozorda odamlarga aktivlarini boshqarishda yordam beruvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritadi.
2015 yilda Xitoyning yana bir internet giganti Alibaba Group o‘zining mobil banki Mybank’ni ishga tushirgandi. Shu yili Xitoyning internet-provayderi Tencent ham Webank deb nomlangan shunday xizmatni yaratgandi.
Baidu Xitoyda eng ommaviy qidiruv tizimi hisoblanadi. U qayta ishlanuvchi so‘rovlar miqdori bo‘yicha Google’dan keyin dunyoda 2-o‘rinda turadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi