6 301
Facebook soxta xabarlarga qarshi kurashish va sifatli yangiliklarni yaratish uchun «Jurnalistika» loyihasini ishga tushirdi
11 yanvar kuni Facebook o‘z jurnalistik loyihasini ishga tushirdi, uning maqsadi sifatli jurnalistikani yaratish, OAVlar bilan hamkorlik qilish va foydalanuvchilarga yangiliklar bo‘yicha savodxonlikni o‘rgatishdan iborat, deb yozadi "Daryo".
Facebook Journalism Project loyihasi yirik OAVlar bilan hamkorlik qilib, ular bilan birgalikda yangi mahsulotlarni ishlab chiqish; jurnalistlarga maxsus treninglarda yangi texnologiyalar va instrumentlarni o‘rgatish; ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga sifatli va ishonchli axborot qidirishda yordam berish kabi uchta yo‘nalishdan iborat bo‘ladi.
The New York Times yozishicha, tez orada loyiha Washington Post va Vox kabi nashrlar bilan hamkorlikni boshlaydi. Kelajakda ushbu ro‘yxatni ancha kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Nashr qayd etishicha, Facebook o‘zining axborot tarqatishdagi roli haqida anchadan buyon mulohaza yuritmoqda. Ammo kompaniyani AQShdagi prezidentlik «poygalari» chog‘ida yangiliklarni manipulyasiya qilib, soxta xabarlar tarqatishda ayblashgach, ijtimoiy tarmoq qalbaki xabarlar tarqalishi muammosi bilan shug‘ullanishga kirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi