10:12 / 19.01.2017
6 334

Janubiy Koreya sudi Samsung vise-prezidentini hibsga olish so‘rovini rad etdi

Janubiy Koreya sudi Samsung vise-prezidentini hibsga olish so‘rovini rad etdi

Janubiy Koreya respublikasi sudi Samsung Electronics vise-prezidenti Li Chje Yonni hibsga olish uchun order berish talabini rad etdi. Li Chje Yon mamlakatning ishonchsizlik bildirilgan prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi korrupsiya mojarosiga doir ishda gumonlanuvchilardan biri sifatida qatnashmoqda, deb xabar qilgan Kun.uz sayti.

O‘tgan haftada respublika prokuraturasi 22 soat mobaynida kompaniyaning amaldagi rahbari hisoblangan Li Chje Yonni so‘roq qilgan edi. Sud xabarida aytilishicha, hakam tergov materiallari bilan to‘liq tanishib chiqqach, Samsung bosh menejerini hibsga olish bo‘yicha asos ko‘rmagan.

Li Chje Yon, 2015 yilda Samsung kompaniyasining Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan firma bilan 18 mln dollardan ortiq mablag‘ga teng shartnoma imzolashiga izn bergan. Germaniya firmasi aslida, Koreya prezidenti Pak Kin Xening dugonasi Soy Sun Silga tegishli bo‘lgani aytiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Janubiy Koreya sudi Samsung vise-prezidentini hibsga olish so‘rovini rad etdi