16:47 / 19.01.2017
6 448

Nokia 6: Afsonaviy brendning yong‘oqchaqarlari yana qaytmoqda (video)

Nokia 6: Afsonaviy brendning yong‘oqchaqarlari yana qaytmoqda (video)

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida yangi Nokia 6 smartfonining chidamliligi aks etilgan roliklar namoyish etilmoqda, deb yozadi «Daryo».
Videolardan birida smartfon yordamida yong‘oq chaqilganligini ko‘rish mumkin.
[media=https://youtu.be/CLqmiAb7r8k]
Ikkinchi rolikda smartfon bir necha marta polga va devorga uloqtiriladi.

Yangi smartfon 19 yanvardan sotuvga chiqdi. Qurilma Xitoy bozori uchun chiqarildi va uni «JD.com» saytidan 245 dollarga xarid qilish mumkin. Smartfon sotuvi boshlanishidan ikki kun avval Nokia 6 ga oldindan buyurtma berganlar soni millionga etdi.

Yangi qurilma 1920 x 1080 pikselli 5,5 dyuym diagonalli ekranga ega bo‘lib, u Corning Gorilla Glass 3 bilan qoplangan. Bundan tashqari Nokia 6 smartfoni sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 430 prosessori, 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotiraga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nokia 6: Afsonaviy brendning yong‘oqchaqarlari yana qaytmoqda (video)