09:28 / 17.05.2015
8 580

O‘zbekiston Respublikasining ikkita yirik banki CLICK bilan bitimni imzoladi!

O‘zbekiston Respublikasining ikkita yirik banki CLICK bilan bitimni imzoladi!

O‘zbekiston Respublikasining Xalq Banki va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Banklari tomonidan chiqarilgan DUET (offlayn) plastik karta egalari endi CLICK tizimining barcha afzalliklaridan foydalanishlari mumkin. Bu haqda CLICK kompaniyasi xabar bermoqda.

Ushbu banklar va CLICK kompaniyasi bilan erishilgan kelishuvlar natijasida ushbu banklarning plastik karta egalariga CLICK mobil banking tizimiga ulanish, istagan paytda va ishlaridan chalg‘imasdan turib turli to‘lovlarni amalga oshirishga imkon ochib berilmoqda.

CLICK kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasi Xalq Banki va TIF Milliy Banki bilan hamkorlikning yangi bosqichi tizimining hamkor-banklarning soni ko‘paytirishga imkon berdi. Ularning umumiy soni 18ga etdi. Ular quyidagilardir:

1. AGROBANK
2. ALOQABANK
3. ASAKA BANK
4. ASIA ALLIANCE BANK
5. HAMKORBANK
6. INVEST FINANCE BANK
7. IPAK YOLI BANK
8. IPOTEKA-BANK
9. MIKROKREDITBANK
10. NBU
11. ORIENT FINANCE BANK
12. QISHLOQ QURILISH BANK
13. RAVNAQ BANK
14. SAVDOGAR BANK
15. TRASTBANK
16. TURKISTON BANK
17. UNIVERSALBANK
18. XALQBANK

CLICK tizimiga offlayn plastik kartalarini ulagan foydalanuvchilar ham pul mablag‘ kelib tushishi va barcha harajatlar to‘g‘risida xabardor bo‘lish imkoniga ega bo‘ladilar. Harajatlar to‘g‘risidagi xabarnomalar to‘lov amalga oshirilgan savdo maskanidagi terminal inkassasiya qilinganidan keyin foydalanuvchiga yuboriladilar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston Respublikasining ikkita yirik banki CLICK bilan bitimni imzoladi!