VIII Respubika innovasion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan «Foto yoki videooqimdagi shaxsni tanish va aniqlash axborot-qidiruv tizimlarining qurilishi uslubining ishlanmasi» taqdim etiladi. Bu haqda «Telegraf.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Ushbu loyiha TATUning «Axborot xavfsizligi» kafedrasida ishlab chiqilgan bo‘lib, binoga kirish va undan chiqishda odamlar oqimlarini kuzatish maqsadida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va undan foydalanishni nazarda tutadi.
Loyihaning amalga oshirilishi tashkilotlar va korxonalardagi odamlar, jumladan, xodimlar va notanish shaxslarni kuzatish va ularning shaxsini aniqlash imkonini beradi. Hozirda dasturning sinov versiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, aniqlash mexanizmining ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Yarmarka «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkaziladi. An’anaga ko‘ra qator stendlarda axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarga oid korxonalar taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi