19:00 / 18.05.2015
7 204

Telegram’da tashqi investorlar bo‘lmaydi

Telegram’da tashqi investorlar bo‘lmaydi

Telegram messenjeriga tashqi investorlarning mablag‘lari jalb qilinmaydi. Bu haqda messenjer asoschisi, “VKontakte”ning sobiq bosh direktori Pavel Durov Mashable nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.
“Men qayerda xohlasam, o‘sha erda yashay va ishlay olaman. Men o‘z kelajagimni o‘zim belgilaydigan vaziyatda turibman”, – dedi Durov intervyu chog‘ida.
Telegram foydalanuvchilari soni 50 mln kishiga etdi, ular orasida prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov bor.
2014 yilda Durov messenjer loyihasini Digital Fortress jamg‘armasining mablag‘laridan moliyalashtirganini, u esa o‘z navbatida 2010 yilda “VKontakte”dagi ulushini sotish hisobiga tashkil qilinganini aytib o‘tgan edi. Bu safar endi u yangi loyihasiga hech qanday investorlarni kiritmasligini va hech bilan sherik bo‘lmasligini bayon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram’da tashqi investorlar bo‘lmaydi