19:34 / 19.05.2015
6 996

Beeline O‘zbekiston ilk bor Eurasia biznes-birligi tarkibida o‘z faoliyati haqida xisobot berdi

Beeline O‘zbekiston ilk bor Eurasia biznes-birligi tarkibida o‘z faoliyati haqida xisobot berdi

2015 yil 19 may, Amsterdam-Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline milliy matbuot-anjumani doirasida 2015 yil I choragidagi moliyaviy va operasion natijalari haqida xisobot berdi. O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Qirg‘iziston, Laos va Tojikiston mamlakatlaridan tashkil topgan Eurasia nomli VimpelCom Ltd biznes-birligi tarkibida ilk bor mazkur xisobot taqdim etildi.

Unitel MChJ bosh direktori Vladimir Petrov o‘z taqdimotida belgilashicha, ushbu davr mobaynida Beeline abonentlarining soni 10 356 000 kishini tashkil etdi. Mobil aloqasining bir abonenti uchun o‘rta statistik hisob 12 819 so‘mni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 14%ga ko‘p. Shunda MOU ko‘rsatgichi (bir oy davomida bir abonent sarflagan daqiqalar soni) 491 daqiqani tashkil etdi, va bu VimpelCom kompaniyalar guruhiga kiradigan 14 kompaniya orasida rekord ko‘rsatgich bo‘ldi.

"Avval e’lon qilinganidek, 2015 yildan boshlab O‘zbekistonda Beeline hisobotni shu erdagi valyutada taqdim etadi, shu bois bizning hisobotimiz mijozlarimiz uchun yanada qulay va tushunarli bo‘ladi, - deydi Unitel MChJ bosh direktori Vladimir Petrov. - Birinchi chorak mobaynida biz ko‘p narsani ulgurdik, ham xizmat ko‘rsatish borasida, agentlik tarmog‘imizni yaxshiladik, butun 3G tarmog‘i bo‘yicha innovasion "Hozirlik effekti" HD-texnologiyasini ishga tushirdik. Yil so‘ngiga qadar yangi baza stansiyalarini ishga tushirish borasida yana ko‘p mehnat qilishimiz darkor, bizning jamoamiz bu maqsadga erishishiga ishonaman".

Respublika uyali aloqa bozoridagi etakchisining sof operasion foydasi yanvardan mart oyiga qadar 409 milliard so‘mni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline O‘zbekiston ilk bor Eurasia biznes-birligi tarkibida o‘z faoliyati haqida xisobot berdi