Slice Intelligence kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunga kelib taxminan 2,5 mln dona Apple Watch soatlari sotilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Bu vaziyatda ushbu gadjetning qanday miqdorda sotilgani emas, balki unga bo‘lgan talab dinamikasi qiziqish uyg‘otadi. Birinchi kuni kompaniya ushbu gadjetga 1,5 mln, ya’ni hozirda sotilgan soatlarning yarmichalik miqdorda buyurtma oldi. Bir kun o‘tib yangi gadjetga qiziqish keskin tushib ketdi va hozirda unga kuniga o‘rtacha 30 ming dona buyurtma olinmoqda. Agar savdolar shunday darajada qolsa, Apple Watch ning etkazib berish hajmi 11 milliondan oshmaydi.
Biroq bu hisob-kitoblarga ehtiyotkorlik bilan qarash kerak, chunki Slice Intelligence keltirgan 2,5 mln raqami AQShda chekli miqdordagi respondentlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaning natijalari asosida keltirilgan. Boz ustiga, agar Apple Watch erkin sotuvga chiqarilsa, bu ko‘rsatkichlar yanada oshishi aniq. Aytish joizki, hozirda buyurtma bo‘yicha sotilayotgan soatlar hamma davlatlarda ham savdoda mavjud emas. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!