23:00 / 28.05.2015
13 523

Uzmobile GSM internet-paketlarga ulanishni qulaylashtirdi

Uzmobile GSM internet-paketlarga ulanishni qulaylashtirdi

Uzmobile GSM abonentlari endi internet-paketlarni SMS vositasida faollashtirishlari va kunu-tun Internetga ulanish xizmatidan foydalanishlari mumkin, deb yozmoqda Daryo.uz.

Paketlarga oddiygina 105 raqamiga i harfi bilan paket nominalini SMS tarzida so‘rov jo‘natish yordamida ulanish mumkin. Kompaniyaning qayd etishicha, paketlarga ulanish bepul.

Ulanish uchun mobil internetdan foydalanuvchilar uchun mos variantni tanlab olish imkonini beruvchi paketlarning 50 megabaytdan (narxi 1 dollar) to 12 gigabaytgacha (narxi 40 dollar) bo‘lgan 8ta turi taqdim etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Uzmobile GSM internet-paketlarga ulanishni qulaylashtirdi