23:13 / 28.05.2015
7 226

Tojikistonda YouTube va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i to‘sib qo‘yildi

Tojikistonda YouTube va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i to‘sib qo‘yildi

Tojikistonda aksariyat internet-provayderlar va mobil aloqa operatorlari o‘z mijozlarining Radio “Ozodi”, "Aziya-Plyus" axborot agentligi, YouTube, "Odnoklassniki" va "V kontakte" ijtimoiy tarmoqlariga kirishlarini cheklab qo‘ydi, deb yozmoqda Kun.uz.

Ushbu saytlar va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu saytlarga kira olmayotganlarini aytishmoqda. Kirishning yo‘qligi haqida Facebook ijtimoiy tarmog‘ining tojik segmenti foydalanuvchilari ham yozishmoqda. Shikoyatlar asosan 5 ta kompaniya-provayderlar mijozlaridan bildirilmoqda.

Tojikiston internet-provayderlari uyushmasmi rahbari Asomiddin Atoyev Tojikiston aloqa xizmatidan bu saytlarning yopilishi haqida buyruq olinganini ma’lum qildi.

“Bu saytlarning yopilishiga OMON polkovnigi Xalimovning videomurojaati sabab bo‘lgan. Biroq bu saytlarning yopilishi foydalanuvchilarning axborot olish huquqlarini poy-mol qiladi”, deb aytdi Atoyev.

27 mayda ijtimoiy tarmoqlarda 23 aprelda bedarak yo‘qolib qolgan va hozirda Suriyada ekanligi aqniqlangan Tojikiston OMONi polkovnigi Gulmurod Xalimov o‘zining IShID safiga qo‘shilganini tasdiqlagani tasvirlangan videomurojaat joylashtirilgan edi.

2014 yilda milliy regulyator bir necha bor ommaviy ijtimoiy tarmoqlar va bir qator muxolif nashrlar saytlari, shu jumladan, Rossiyaning ria.ru, lenta.ru, gazeta.ru saytlari va yana kamida 25 saytni to‘sib qo‘ygan edi. Odatda hukumat o‘zining bu harakatlarini “texnik muammolar” deb izohlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tojikistonda YouTube va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i to‘sib qo‘yildi