13:12 / 29.05.2015
7 367

Foydali maslahatlar: Mail.ru pochtasiga kelgan yangi xabarlar haqida bepul SMS-eslatmalar Internetga ulanmasdan yangiliklardan boxabar bo‘lishga imkon beradi

Foydali maslahatlar: Mail.ru pochtasiga kelgan yangi xabarlar haqida bepul SMS-eslatmalar Internetga ulanmasdan yangiliklardan boxabar bo‘lishga imkon beradi

2015 yil 29 may, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline “Yangi pochta haqida SMS-eslatmalar” xizmati haqida eslatib o‘tadi. Mazkur xizmat yordamida abonentlar yangi kelib tushgan maktublar haqida mobil telefonlariga xabar oladilar va www.mail.ru saytidagi pochta qutisini oson tekshira oladilar.

Xizmatni yoqtirish va undan foydalanish bepul. Xabarlar 7760 qisqa raqamidan kelib tushadi. SMS-eslatma oddiy SMS sifatida saqlanib qoladi, va abonent istagan payt xabarda ko‘rsatilgan havola orqali o‘tishi mumkin. Xizmatni yoqish va sozlash uchun www.mail.ru saytidagi pochtaga kirib, “SMS-eslatmalarni sozlash” bo‘limida o‘z telefon raqamini ko‘rsatish lozim, so‘ngra telefonga mahfiy kod yozilgan SMS kelib tushadi. Mahfiy kod to‘g‘ri ko‘rsatilgandan so‘ng, akkauntga raqam bog‘lanadi.

Autentifikasiyadan so‘ng “SMS-eslatmalarni sozlash” bo‘limida qanday maktublar haqida xabar olish, qaysi vaqt va nechta xabar olish kerakligini sozlash mumkin. “Saqlab qolish” tugmasi bosilgandan so‘ng, abonent SMS-eslatmalar olishga rozi ekanligini tasdiqlaydi.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Foydali maslahatlar: Mail.ru pochtasiga kelgan yangi xabarlar haqida bepul SMS-eslatmalar Internetga ulanmasdan yangiliklardan boxabar bo‘lishga imkon beradi