15:29 / 01.06.2015
24 202

Soliq to‘lovchi identifikasion raqamini Yagona portaldan aniqlash xizmati ishga tushirildi

Soliq to‘lovchi identifikasion raqamini Yagona portaldan aniqlash xizmati ishga tushirildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali foydalanuvchilarga soliq to‘lovchi identifikasion raqami (STIR — INN) ni aniqlash imkonini beruvchi yangi xizmatni ishga tushirdi. Bu haqda «UzDaily»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining «STIRni aniqlash va guvohnomasini shakllantirish» deb nomlangan yangi xizmati yordamida foydalanuvchining STIRi haqida bir zumda ma’lumot olish mumkin.

Shuningdek, xizmat «Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatga olinganlik va soliq to‘lovchiga identifikasion raqam berilishi to‘g‘risidagi guvohnoma»ni chop etish uchun ma’lumotnomani shakllantirishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Soliq to‘lovchi identifikasion raqamini Yagona portaldan aniqlash xizmati ishga tushirildi