15:42 / 01.06.2015
10 643

Beeline: smartfoningizda butunlay bepul Telegram, Viber va WhatsApp

Beeline: smartfoningizda butunlay bepul  Telegram, Viber va WhatsApp

2015 yil 1 iyun, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline “Bravo Onlayn!” yangi aksiyasi ishga tushgani haqida xabar beradi. Endi, hisobni $2,99 va undan ko‘proqga to‘ldirilganda, abonent tarmoq ichida bepul 400 daqiqa, shuningdek Viber, Telegram va WhatsApp messenjerlaridan cheklovsiz foydalanish imkonini qo‘lga kiritadi. Bonuslar hisob to‘ldirilgan kundan boshlab bir haftaga beriladi va aloqa xizmatlari uchun chegirma hisoblanadi.

Voqeani sharhlar ekan Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremov shunday dedi: “Messenjerlar orqali muloqot qurishga oshib borayotgan ehtiyojni ahamiyatga olgan holda, Beeline o‘z abonentlariga bepul online-muloqotning barcha qulayliklaridan foydalanish imkonini beradi. Messenjerlardan cheklovsiz foydalanish bilan bir qatorda abonentlar hisobni $2,99 va undan ko‘proqga to‘ldirilganda, tarmoq ichida bepul 400 daqiqani qo‘lga kiritishda davom etadilar. Bundan tashqari, hisobga tushgan mablag‘, avvaldagi kabi, ularni aloqaning boshqa xizmatlariga sarflash uchun balansda qoladi”.

“Bravo Online!” aksiyasiga Status tarif rejalaridan tashqari barcha tariflarda *110*570# USSD kodini terib, yoki savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari yoki kompaniya dilerlaridan yangi SIM-kartani harid qilib, bepul ulanish mumkin.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline: smartfoningizda butunlay bepul Telegram, Viber va WhatsApp