10:58 / 03.06.2015
7 615

iPhone 6 aprel oyida eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

iPhone 6 aprel oyida eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

Counterpoint agentligi e’lon qilgan oylik hisobotda aytilishicha, bozorga ikki oy avval chiqarilgan Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlari dunyoda sotilish hajmi bo‘yicha iPhone 6 va 6 Plus’dan ortda qoldi. Bu haqda «Mail.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Hisobotda tahlilchilar 39 ta mamlakatda faqat ichki kanallar (distribusiya, ommaviy sotuvlar) bo‘yicha savdolarni baholadi.

Hisobotga ko‘ra, 2015 yil aprelida dunyoda 6 millionta smartfon sotilgan. Aniqlanishicha, Galaxy S6 modeli S6 Edge’ga qaraganda yaxshiroq sotilmoqda. Aprelda sotilgan Samsung smartfonlarining 21 foizini aynan Galaxy S6 tashkil qildi.

2015 yil aprelida eng ko‘p sotilgan smartfonlar o‘ntaligi quyidagicha:

1. Apple iPhone 6
2. Apple iPhone 6 Plus
3. Samsung Galaxy S6
4. Samsung Galaxy S6 Edge
5. Xiaomi Redmi 2
6. Samsung Note 4
7. Apple iPhone 5S
8. Samsung Galaxy S5
9. Xiaomi Redmi Note
10. Microsoft Lumia 435

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 6 aprel oyida eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi